«Birinchi kurs maktabi» doirasida tanishtiruv darslari davom etmoqda

TATU Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakultetida rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirokida «Birinchi kurs maktabi» doirasida talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, «Murakkab jarayonlarni modellashtirish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi», Kiberxavfsizlik markazi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash markazi, ARM va Student office faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.