Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetida dekan o’rinbosari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida “Biz-sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda Farg’ona viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi uslubiy prafilaktika va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil etish bo’limi sanitariya vrachi To’lanov Iskandar Botirjon o’g’li tomonidan OIV/OITS kasalliklari bo’yicha ma’lumot berildi hamda talabalarga targ’ibot flayerlari tarqatildi.


