Bugun, Farg‘ona filiali talabalariga mo‘ljallangan ajoyib seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filial psixologlari M.Mirazaliyev, N.Mo‘minova, ma’naviyat bo‘limi uslubchisi G.Sadiqova va filial tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdilar.
Seminarning asosiy yo‘nalishlari:
🟢 Vaqtdan unumli foydalanish;
🔵 Shukronalik hissini rivojlantirish;
🩷 O‘zaro do‘stlik va jamoaviy aloqalarni mustahkamlash;
🔂 Chaqqonlik va sergaklikni oshirishga qaratilgan metodikalar;
⚫️ Sog‘lom fikrlashni rivojlantiruvchi ertakterapiya mashg‘uloti.
Kofe-break davomida talabalar seminar-treningga oid qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Seminar-trening talabalarga faqat professional ko‘nikmalarni emas, balki ijtimoiy va ruhiy o‘sishlarini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.


