Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

Qoʻqon universiteti va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Qoʻqon universitetiga Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali rahbariyati va talabalari tashrif buyurishdi. Dastlab mehmonlarga ekskursiya tashkil etilib, ularga universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, turizm majmuasi, muzey, yotoqxona, dars jarayonlari, kutubxona, ovoz yozish studiyasi, robototexnika laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Soʻngra Qoʻqon universiteti Zaxidov Gʻafurjon Erkinovich va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich tomonidan...
Read More
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti tyutorlari O.Ruziyeva, R.Xudoberdiyeva va Kutubxona-axborot faoliyati yoʻnalishi boʻyicha taxsil olayotgan 520-23-guruh talaba-yoshlari Fargʻona shaharida joylashgan Al-Fargʻoniy nomidagi Viloyat axborot resurs markaziga tashrif buyurdilar. Tashrifdan koʻzlangan maqsad talaba-yoshlarni Kitobga, vatanga muhabbatni, yurtga sadoqatni, tarixni anglash, vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Read More
Tashrif davomida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Dasturiy injiniring kafedrasi ustozlari va 3-bosqish Dasturiy injiniring guruhlari (650-651-22) professor Baeksang Gunning faoliyati, ilmiy yo‘li va Koreya davlatidagi talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’ruza qilindi. Tashrif yakunida professori Baeksang Gun TATU Fargʻona filial bilan kelajakda ustozlar tomonidan bildirilgan hamkorlik, talabalar almashinuv dasturi va memorandum imzolashga rozilik bildirdi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Talabalar turar joyida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan «Ona tili-millatning ruhidir» nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «O‘zbek tili va gumanitar fanlar» kafedrasining professor-o‘qitivchilari, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari ishtirok etdi.
Read More
O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyatida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning Farg‘ona shahridagi haykali yonida tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari va mudofaa tizimlari rahbarlari, ta’lim muassasalari, keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, shuningdek, TATU Farg’ona filiali jamoasi ishtirok etdilar.
Read More
1 15 16 17 18 19 364