Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

🏆 TABRIKLAYMIZ! ✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti 4-bosqich 620-19 guruh talabasi Mamirxo‘jayev Muhammadamin Mavlonjon o‘g‘li “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. 🏆Bunday katta yutuqlarga erishishda yaqindan yordam bergan talabamizning ilmiy rahbari Tojiboyev Ibroximjon Tojaliyevichni tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida bunday shogirdlari ko‘payishiga tilakdoshmiz. 🟢Muhammadaminga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!
Read More
✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida sportning mini futbol bo‘yicha musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi. 614-22-guruh talabalari va 611-20-guruh talabalari o‘rtasida final bosqichi bo‘lib o‘tdi.O‘yin natijalariga ko‘ra 9️⃣🔤5️⃣ hisob bilan 611-20 guruh talabalari chempionlikni qo‘lga kiritishdi. 614-22-guruh talabalari 2-o‘rin sovrindori bo‘ldilar. 🏆G’olib bo’lgan talabalar filial ma’muriyati tomonidan taqdirlanadi.
Read More
🟢Tanlovda 16-35 yoshgacha bo‘lgan professional va havaskor fotosuratchilar ishtirok etdi. 🟢“Mening shahrim”,🟢“Jannatmakon Farg‘onam”,🟢“Inson va oila” yo‘nalishida respublika bo‘yicha jami 4 ming 122 nafar yoshlar onlayn ishtirok etdi. 🟢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi fakulteti 712-21 guruh talabasi Ahmadaliyev Sanjarbek «Jannatmakon Farg‘onam» yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin sohibi bo‘ldi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Read More
📃 Musobaqa shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin Ideaton — bu kelgusida shaxsiy texnologik biznesini yaratish maqsadida bir yoki ikki kun ichida gʻoyani ishlab chiqish va uni minimal hayotiy mahsulotga aylantirishga imkon beruvchi tadbir hisoblanadi. 🏆 G’oliblarlarga Planshet, Smartfon va boshqa qimmatbaho sovg’alar topshiriladi.
Read More
2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi. Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil...
Read More
1 192 193 194 195 196 357