Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

TATU Samarqand filialida «Zamonaviy axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va AT-ta’lim tatbiqiy muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tmoqda. Anjumanda TATU Farg’ona filiali direktori, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Farrux Muxtarov «Kiberhujum va ularning tahlili» mavzusida o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda. Konferensiya davomida axborot xavfsizligi masalalari, zamonaviy texnologiyalar va ta’limda innovatsiyalar bo’yicha qiziqarli fikrlar almashilmoqda.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Axborot-resurs markazida professor-o’qituvchi va talabalar ishtirokida yangi kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. ARM xodimlari ko’rgazmada qatnashgan ishtirokchilarga yangi adabiyotlar to’g’risida ma’lumot berdilar. Talabalarimiz uchun qiziqarli va foydali tadbir bo’ldi!
Read More
TATU Farg‘ona filiali va Codial — Zamoniy Kasblar Akademiyasi hamkorligidagi seminar bo‘lib o‘tdi. TATU Farg’ona filiali talabalarining kuchli talabi asosida tashkil etilgan seminarda talabalarga IT- sohasi bo‘yicha maslahatlar berildi hamda hozirgi bozor talabiga mos keladigan kadr bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligi o‘rtaga tashlandi.
Read More
Prezidentimiz joriy yilning 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida TATU Farg‘ona filiali Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda kiber xavfsizlik lobaratoriyasini tashkil etish bo‘yicha memorandumga asosan Farg‘ona viloyati IIB hududida katta kiber xavfsizlik lobaratoriyasi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu lobaratoriya to‘liq zamonaviy texnologiya va kompyuterlar hamda labarotoriya hududida talabalar uchun yotoqxona tashkil qilindi. Saralab...
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali jamoasi tomonidan «Mening gulzorim» shiori ostida ko’kalamzorlashtirish tadbiri bo’lib o’tdi! Tadbirda talabalar, o’qituvchilar va xodimlar birgalikda filial hududini go’zal gullar va o’simliklar bilan bezatishdi. Bu tashabbus nafaqat muhitni go’zallashtirish, balki talabalarning ekologik madaniyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Har bir gul — kelajakning gullab-yashnashi uchun! Keling, barchamiz birgalikda tabiiy go’zallikni saqlaymiz va ko’kalamzorlashtirishni davom ettiramiz!
Read More
1 21 22 23 24 25 373