TATU Farg’ona filialida ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorligini yanada rivojlantirish maqsadida filial miqyosidagi ilmiy seminarlar doimiy tashkillangan. Xoitkulov Abdumalik AbdugopporovichMavzu: Paxtani qayta ishlash sanoati salohiyatidan samarali foydalanish istiqbollari mavzusida hamda Ganieva Shaxrizod NurmaxamadovnaMavzu: Texnika fanlarini o‘qitishda VR (virtual reality) texnologiyalarini yaratish va foydalanish metodikasi mavzularida ilmiy-tadqiqotchilar tasdiqlangan mavzulari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari muhokamasi yuzasidan navbatdagi ilmiy-seminar bo’lib o’tdi.Read More
Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan, xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha filial psixologi N.Mo‘minova hamda ma’naviyat bo’limi xodimasi G.Sodiqovalar bilan hamkorlikda talabalarga «Yashash baxti» bo‘yicha psixologik trening o’tkazildi. Tadbir davomida «Yoshlarda liderlikni shakllantirish» mavzusida turli qiziqarli psixologik o‘yinlar tashkillandi.Read More
Prezidentimizning “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 1-fevraldagi PQ–51-son qarori amalda. Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari bilan birgalikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. «Coursera» platformasining imkoniyatlari;Uzbekcoders.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib courserda imtiyozli o’qish;Xalqaro IT va til sertifikatlari uchun kompensatsiya olish tartibi haqida xabardor etildi.Read More
🔖 Kuni kecha, Andijon davlat chet tillari institutida II an’anaviy Yoshlar akademiyasi forumi boshlandi. Forum doirasida Vodiy viloyatlari Oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilarining hamkorlik memorandumi imzolandi, ilmiy-amaliy anjuman hamda viloyatlar kesimida jamoalar tuzilgan holda «LinguaQuiz» o’yinlari, start up loyihalari taqdimoti o’tkazildi. 🏛 Mazkur forumda TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri O.Rayimdjonova rahbarligidagi 631-23 guruh talabasi Muhammadaziz Ro’zaliyev ham faol ishtirok etib estalik sovg’alar va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.Read More
Mazkur musobaqa BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning O’zbekistondagi Vakolatxonasi ko’magi bilan yoshlarni kasb-hunarga o’qitish, ish bilan taminlash va ishsizlik kabi masalalarga zamonaviy yechimlar topishga yo’naltirildi. Ushbu tanlovda yoshlarimiz 72 soat davomida tanlangan yo’nalishlar bo’yicha muammolarni hal qilib, yechim berishlari kerak edi. Jami 3 kishidan tuzilgan 40 ta jamoa o’z g’oyalari va loyihalarini taqdim etishdi. Gʻolib jamoalarga zamonaviy va qimmatbaho noutbuk, planshet, smartfon hamda faol ishtirokchilar uchun smart-soat va quloqchinlar topshirildi.Read More