Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

Mazkur musobaqa  BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning O’zbekistondagi Vakolatxonasi ko’magi bilan yoshlarni kasb-hunarga o’qitish, ish bilan taminlash va ishsizlik kabi masalalarga zamonaviy yechimlar topishga yo’naltirildi. Ushbu tanlovda yoshlarimiz 72 soat davomida tanlangan yo’nalishlar bo’yicha muammolarni hal qilib, yechim berishlari kerak edi. Jami 3 kishidan tuzilgan 40 ta jamoa o’z g’oyalari va loyihalarini taqdim etishdi. Gʻolib jamoalarga zamonaviy va qimmatbaho noutbuk, planshet, smartfon hamda faol ishtirokchilar uchun smart-soat va quloqchinlar topshirildi.
Read More
«Job Fair 2024» da nafaqat mahalliy kompaniyalar, balki 3 ta xorijiy kompaniya ham ishtirok etib, talabalar uchun yangicha istiqbol va yangi imkoniyatlar ochdi. Yarmarkada Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan jami 35 ga yaqin soha korxonalari va IT-kompaniyalari ishtirok etdi. Ular o‘zlarining 567 ta vakansiyalari hamda 473 ta stajirovka va amaliyot dasturlarini taqdim etishdi, bu esa talabalarga rivojlanish va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. «Job Fair 2024» da soha-korxonalar hamda IT...
Read More
IT sohasida ta’lim olayotgan talabalarning ma’muriy islohotlar jarayonida raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularni ish bilan ta’minlashga zarur imkoniyatlarni yaratish, filial talaba yoshlarining muvaffaqiyatli karyeralarini qurishga ko‘maklashish maqsadida IT Park bilan hamkorlikda «Job Fair 2024» Karyera kuni tashkil etildi. Tadbirning ochilish marosimida filial direktori F.Muxtarov, Raqamli texnologiyalari Markazi direktori B.Djalilovlar o‘zlarining kirish so‘zi bilan ishtirok etib, «Job Fair 2024» ning mazmun-mohiyati, tadbirning maqsadi haqida gapirib o‘tdilar. Shundan so‘ng, spikerlar, AQSh ning...
Read More
TATU Fargʻona filiali Telekommunikatsiya injiniring kafedrasi professor-oʻqituvchilari U.Iskandarov, M.Xalilov, L.Dalibekov, G.Joʻrayeva hamda S.Xusanovalar bitiruvchi kurs talablarini «O’zbektelekom» AKning Andijon, Namangan filiallariga tashrif buyurib, tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarlari hamda talabalarning BMI ishlari boʻyicha amaliy koʻnikmalar, loyihalarga tegishli ishlanmalar masalasida tushunchalar berildi. Tashkilotlarda biriktirilgan amaliyot rahbarlari tomonidan oyilgoh talabalarining bu soha mutahassisi sifatida nazariy bilimlarini yuqori baholadilar. Amaliyot oʻtkazilyotgan tashkilotlarda bunday nazorat uchrashuvlari davom etmoqda.
Read More
TATU Fargʻona filiali Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi professor- o’qituvchilar “Bino-inshootlarga o‘rnatilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (Quyosh batareyalari va Quyosh suv isitish qurilmalari)” nomli MCHJ hududida “Telekommunikasiya kafedrasini Ilmiy laboratoriya poligoni”ni yaratish maqsadida xududning shart-sharoitlarini o‘rganish uchun Oltiariq tumaniga borildi. Ilmiy tadqiqotlari natijalarini laboratoriya sharoitida tadqiqot qilish uchun o’zaro hamkorlik shartnomasi tuzildi va ilmiy tadqiqotlari natijalarini laboratoriya sharoyitida tadqiqot qilish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Read More
1 70 71 72 73 74 379