Caption align here

Blog Full Left Sidebar With Frame

TATU Farg’ona filiali qoshidagi Ilg’or muhandislik maktabi asosida tashkil etilgan «TATUFF INNO SPIN-OFF» MChJ ning ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot laboratoriyasida tayyorlangan innovatsion mahsulotlar namoyish etildi. Uchrashuv davomida agentlik rahbari Sh.Rajabbayev tomonidan yosh olimlarga innovatsion, amaliy, startap loyihalarni ishlab chiqish va ular ustida ish olib borishda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimiga qaratilgan mavzularda yanada e’tibor berish lozimligi to’g’risida tushuntirish berildi. Qolaversa, loyihalarni bajarishda bakalavr va magistratura bosqichi talabalarini yanada ko’proq jalb...
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali Qirgʻiziston Respublikasi Osh davlat universiteti delegatsiyasini kutib oldi TATU Fargʻona filialiga Qirgʻiziston Respublikasi Osh davlat universitetining delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar universitetning Registrator ofisi, Student office, Madaniyat saroyi, Axborot-resurs markazi va talabalar turar joylari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ikki universitet o’rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi istiqbollarni ko’rib chiqish bo’yicha samarali muzokaralar bo’lib o’tdi. Universitetlar o’rtasidagi do’stona aloqalar va hamkorlikni rivojlantirishda...
Read More
Nazarmatov Oxunjon Sotvoldievich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta`limi fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar TATU Farg‘ona filialida «Iqtisodiyot va kasb ta’limi» kafedrasi, professor lavozimida ishlagan. Kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Read More
TATU Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi va Sun’iy intellekt fakulteti tomonidan «YANGI YIL KARNAVALI»! Talabalar uchun mo’ljallangan ajoyib bayram tadbiri bo’lib o’tdi! Milliy miqyosdagi zamonaviy kompaniyalar — «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik Kompaniyasi, «Ucell», «Trastbank» lar bilan hamkorlikda, bayramda qimmatbaho yutuqli o’yinlar o’tkazildi! Omadli raqam aksiyasida ishtirok etgan talabalar yangi yil sovg’alarini qo’lga kiritdi! Tadbirda bayram ruhini his etib, yangi yilni kutib olishga tayyorlaning!
Read More
TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti dekani O.Nazarmatov tomonidan fakultet  tyutorlari hamda 1-2-3-4 kurs guruh sardorlari ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarga kunlik davomat, kontrakt to’lovi, filial ichki-tartib qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etish, yoshlar kengashi aʼzolarini tayinlash, kirib kelayotgan yangi yilni koʻtarinki ruxda oʻtkazish boʻyicha talabalarga tushunchalar berildi.
Read More
1 7 8 9 10 11 373