TATU Farg’ona filialida «Yongʻin xavfsizligi oyligi» doirasidagi profilaktik tadbir uyushqoqlik bilan bo’lib o’tdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Bayoni talablariga muvofiq, 2024-yilning 15-noyabr kunidan, 15-dekabr kuniga qadar yurtimizda «Yongʻin xavfsizligi oyligi» oʻtkazilmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali va Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda 2-sonli talabalar turar joyida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar sodir bo‘lganda...Read More
TATUFFda “Sogʻlom ona — sogʻlom millat” nomli muhim tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda filialning barcha talaba qizlari faollar zalida jamlandi. Xotin-qizlar boʻyicha direktor maslahat kengashi raisi Z.Otaxonova hamda dekan maslahatchilari, filialimiz hamshirasi G.Ahmedova ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu tadbirda sogʻlom ona va sogʻlom millatni shakllantirish yoʻlida muhim masalalar koʻrib chiqilib, salomatlik va farovonlikka doir qimmatli tavsiyalar berildi.Read More
«Kitobxon ona — kitobxon bola» tadbiri Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida! Noyabr oyi davomida «Kitobxonlik oyligi» doirasida o’tkazilgan «Kitobxon ona — kitobxon bola» tadbirida kitobsevar talabalarimiz Xotin-qizlar kengashi raisi va dekan maslahatchilari tomonidan berilgan savollarga to’g’ri javob berib, ajoyib kitoblar bilan taqdirlandilar. Tadbirda faol qatnashgan barcha ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz va kitobxonlikni targ’ib qilishda davom etamiz!Read More
Tadbirning maqsadi talaba qizlar ga oʻz huquq va manfaatlarini himoyalash, zoʻravonlikka qarshi tura olish kerakligini uqtirish, agarda bunday vaziyatlarga duch kelsa yolgʻiz emasliklarini tushuntirish edi. Ushbu tadbirda Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi Z.Otaxonova va Xotin-qizlar dekan maslahatchilari. Direktor maslahatchisi A. Usmonov, filial profilaktika inspektori mayor A.Mirzaliyevlar qizlar uchun kerakli maslahatlarni berdi.Read More
Urganch davlat universitetida “22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan 22-23 noyabr kunlariga mo’ljallangan “Raqamli dunyoda talaba-yoshlarning psixologik salomatligi: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika psixologlar forumi o‘tkazildi. Forumning ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori, ayni paytda Oliy Majlis senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash muasalalari qo‘mitasi raisi B.Abdullayev kirish so’z bilan ochib berdi. Shuningdek, Oliy ta’lim,...Read More