2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.Read More
Koreya Respublikasi Fan vazirligi huzuridagi NIA (Milliy axborot jamiyati agentligi) va MSIT (AKT) kompaniyasi taklifiga binoan, 2024- yil 3- iyundan 8- iyungacha Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Xonto‘rayev Sardordek Isroilovich “Axborotga kirish markazi (IAS) adminsitratorlarini tayyorlash dasturi” mavzusi bo‘yicha treningda ishtirok etadi.Read More
Uchrashuv mobaynida professor-o‘qituvchi va dasturchi talabalarga VR virtual reality texnologiyasi namoyish etildi. Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda loyihalarni ishlab chiqish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish sohasida o‘zaro hamkorlik asoslarini yaratish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi.Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida yangi iTeach akademiya oʻquv markazining filiali Sirtqi bo’lim binosida o‘zining faoliyatini boshladi. Bu hamkorlik innovatsiyalar va ta’limga bo’lgan umumiy ishtiyoqni yanada oshiradi degan umiddamiz. Hozirda kurslar uchun qabul ochiq! Ro’yxatdan o’tish uchun: 88-665-77-77Read More