Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali jamoasi tomonidan «Mening gulzorim» shiori ostida ko’kalamzorlashtirish tadbiri bo’lib o’tdi! Tadbirda talabalar, o’qituvchilar va xodimlar birgalikda filial hududini go’zal gullar va o’simliklar bilan bezatishdi. Bu tashabbus nafaqat muhitni go’zallashtirish, balki talabalarning ekologik madaniyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Har bir gul — kelajakning gullab-yashnashi uchun! Keling, barchamiz...Read More
TATU Fargʻona filialining “Axborot kutubxona yo’nalishi” 520-23 guruh talabasi S.Ganiyeva Toshkent xalqaro Westminster universitetida bo’lib o’tgan “INFOLIB 2024” Axborot kutubxona haftaligi forumida ishtirok etdi. Tadbirda S. Ganiyeva tomonidan filialning bir yillik tarixiga bag’ishlangan “Asrlarga teng bir yil” va nasriy yo’nalishda yozilgan “Zulmat sari aldamchi yo’l” kitoblari taqdim etildi. Tadbir so’ngida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona...Read More
TATU Farg’ona filiali Axborot-resurs markazida «INFOLIB O’zbekiston — 2024» XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida uchrashuv va yozuvchi Sherzod Ortiqovning «SEVDIK, KULDIK, YIG’LADIK» nomli kitob taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat axborot-kutubxona markazi, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hodimlari va talabalar ishtirok etdi. Tadbir so’ngida faol talabalarga Axborot-resurs markazi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.Read More
TATU Farg’ona filiali 2- sonli talabalar turar joyida DXSH direktori M.Abdunabiyev va tarbiyachi pedagog O. Mo’minova tashabbusi bilan osh tanlovi va sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Talabalarimiz o’z mahoratlarini namoyish etib, doʻstona muhitda ajoyib vaqt o’tkazdilar. G’oliblar va ishtirokchilarni tabriklaymiz!Read More
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va inovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-sentabrdagi 347-sonli buyrugʻiga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida kriptologiya bo‘yicha ichki fan olimpiadasi o‘tkazildi. Bu olimpiadada ishtirokchilar qiziqarli va raqobatbardosh muhitda bilimlarini sinab ko‘rdi. 1, 2, va 3-o‘rinni egallaganlar Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi. Talabalarimizga omad tilaymiz!Read More
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti xodimlari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir va jurnalist O‘ktam Mirzayorov Farg‘ona shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida maktab o‘quvchilari ko‘rgazmali chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va she’rlar bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, O‘ktam Mirzayorov ham o‘z chiqishlari va sovg‘alari...Read More
TATU Farg‘ona filialida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda, shoirlar va yozuvchilarimiz — Qutlibeka Rahimboyeva, Sattorova Gulnoz Yunusova, O‘ktam Mirzayarovlar talaba-yoshlar bilan qiziqarli davra suhbatlari, mushoiralar va ijodiy muloqotlar o’tkazdilar. Shuningdek, «Adiblar bog’i» loyihasi doirasida yashil makon yaratish ishlari boshlab yuborildi. Bu bog’ talabalarga ijodiy ilhom va ma’rifat ulashish maqsadida barpo etildi.Read More
TATU Fargʻona filiali va Sankt-Peterburg menejment texnologiyalari va iqtisodiyot universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi. TATU Farg’ona filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i X.Sotvoldiyev va A.Abdukadirovlar 17-18 oktabr Rossia Federatsiyasi Sankt-Peterburg shaxridagi Sankt-Peterburg menejment texnologiyalari va iqtisodiyot universitet rektori taklifiga binoan Xalqaro konferensigada ishtirok etishdi. Ushbu tashrif doirasida TATU Farg’ona filiali va Sankt-Peterburg menejment texnologiyalari va...Read More
Qoʻqon universiteti va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Qoʻqon universitetiga Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali rahbariyati va talabalari tashrif buyurishdi. Dastlab mehmonlarga ekskursiya tashkil etilib, ularga universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, turizm majmuasi, muzey, yotoqxona, dars jarayonlari, kutubxona, ovoz yozish studiyasi, robototexnika laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Soʻngra Qoʻqon universiteti...Read More
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti tyutorlari O.Ruziyeva, R.Xudoberdiyeva va Kutubxona-axborot faoliyati yoʻnalishi boʻyicha taxsil olayotgan 520-23-guruh talaba-yoshlari Fargʻona shaharida joylashgan Al-Fargʻoniy nomidagi Viloyat axborot resurs markaziga tashrif buyurdilar. Tashrifdan koʻzlangan maqsad talaba-yoshlarni Kitobga, vatanga muhabbatni, yurtga sadoqatni, tarixni anglash, vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlashdan iboratdir.Read More