Mediateka

Category

2-sonli Talabalar turar joyida «Zakovat ligasi» tashkillandi! Ushbu liga qavatlar oʻrtasida oʻtkazilib, 5 turdan iborat boʻladi. Musobaqaning yakuniy natijalarga koʻra gʻolib deb topilgan jamoaga esdalik sovgʻalari topshiriladi. 1-tur natijalariga koʻra: 5-qavat 7️⃣ 4-qavat 5️⃣ 2-qavat 4️⃣ 1-qavat 3️⃣ 3-qavat 1️⃣
Read More
TATU Farg’ona filiali 2- sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalari bilan filialning Axborot xavfsizligi kafedrasini navbatdagi kafedra kuni bo’lib o’tdi. Tadbirda talabalar bilan «Kibermaydonda yuz berayotgan zamonaviy kibertahdidlar va ularga qarshi samarali kiberxavfsizlik yechimlari» mavzusida qiziqarli suhbat o’tkazildi. Shuningdek, tadbir so’ngida talabalar o’rtasida jamoalar tuzilib Cybersport musobaqasi o’tkazildi.
Read More
Codial va TATU Farg‘ona filiali o‘rtasida rasmiy hamkorlik doirasida seminar tashkil etildi. Seminar davomida:Zamonaviy kasblar;IT sohasidagi tendensiyalar; ➖ Bozor talablari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlik IT va raqamli texnologiyalar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam hisoblanadi. Bu kelgusida IT bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent  axborot texnologiyalari universiteti direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich hamda «Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik» fakulteti 1-bosqich talabalari o’rtasida ochiq muloqot bolib o’tdi. Tadbir davomida fakultetining Axborot xavfsizligi, Kiberxavfsizlik hamda Dasturiy injiniring yo’nalishlariga yuqori ball bilan qabul qilingan talabalarga direktorning tashakkurnomalari topshirildi. Ochiq muloqat davomida talabalar savol va takliflar bilan ishtirok etishdi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida «Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» shiori ostida chellenj o’tkazildi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida Dasturiy injiring va kiberxavfsizlik fakulteti «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sport musobaqalari oʻtkazildi. Mazkur musobaqalarda qatnashish uchun jami 25 nafar jamoalar qamrab olingan. Final bahsida 640-21 guruh talabalari 652-24 guruh talabalarini 9-2 hisobida magʻlubiyatga uchratib, bosh sovringa ega chiqdilar!
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalarining bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va maqsadida turli xil sport musobaqalari bo’lib o’tmoqda.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filali Katta majlislar zalida filial Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda filial Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining 2023-2024 oʻquv yilida amalga ishlari hamda yangi oʻquv yili uchun oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari boʻyicha filial Boshlangʻich tashkiloti yetakchisi A.Nabijonov nutqi tinglandi. Shuningdek, Boshlangʻich tashkilot kengashi aʼzolari hamda...
Read More
🏛 TATU Farg’ona filiali Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakulteti dekani M.Norinov, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Azimjonov va tyutorlar bilan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan fakultet talabalarini yashash sharoitlarini oʻrganildi. 👨‍💻 Fakultet dekani M.Norinov talabalarni bo‘sh vaqtlarni unumli o‘tkazish maqsadida talabalarning takliflar va fikrlari eshitdi. Talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini takidladi.
Read More
TATU Farg‘ona filialida tashkil etilgan “Yosh tomoshabinlar” drama teatri to‘garagi hamda “Yosh ijodkorlar badiiy havaskorlik jamoasi” ning hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Tolipov, direktor maslahatchisi A.Usmonov, Farg‘ona shahar madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 2-son Madaniyat markazi rahbar- xodimlari hamda filial o‘qituvchi-xodimlari, fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etdi. Ushbu tadbirda...
Read More
1 5 6 7 8 9 27