Kompyuter injiniringi va Sun’iy intellekt fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi va Davlat Kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi bilan shartnoma imzolandi. Hamkorlikda kafedra professor o’qituvchilari S.I.Karimov, A.Hakimov va D.Sotvoldiyevalar tomonidan 614-21 gurux kompyuter injiniringi yo’nalishi talabalarini «Geoaxborot texnologiyalari» fanidan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash, hamda “Tarmoq-oliygoh-korxona” tamoyili va dual ta’lim dasturi tashkil etish maqsadida Davlat Kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasiga...Read More
TATU Farg‘ona filiali Kompyuter tizimlari kafedrasi va “Raqamli texnologiyalar markazi direksiyasi” o‘rtasida hamkorlikda dual ta’lim dasturi tashkil etilmoqda. Ushbu hamkorlik U.Axundjanov va M.Lazarev boshchiligidagi darslar davomida 618-21 guruh Kompyuter injiniringi (AT-servis) talabalariga amaliy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratilmoqda.Read More
Mamlakatimizda 1999- yilda ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti barkamol, oqila xotin-qizlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Farg‘ona shahridagi 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Ushbu ko’rik tanlovda TATU Fargʻona filiali Dasturiy injiniringi kafedrasi asissenti Dilnozaxon Abdurasulova va Kompyuter injiniringi va Sun’iy intelekt fakulteti 4-bosqich talabasi Nafosatxon...Read More
TATU Farg’ona filiali Axborot xavfsizligi kafedrasi soha-korxonalar bilan navbatdagi hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. Adliya vazirligi huzuridagi Farg’ona viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari bilan bo’lib o’tgan hamkorlik uchrashuvida ikki tomon ma’sul vakillari o’rtasida o’zaro takliflar berib o’tildi. Xususan, dual ta’lim, talabalarni amaliyot o’tashlari va tashkilotdagi axborot texnologiyalari sohasida dasturiy ta’minoti bo’yicha amaliy xizmatlarni bajarishga kelishib...Read More
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chora — tadbirlar rejasiga muvofiq Respublika Din ishlari qo’mitasi bilan hamkorlikda «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari o’tkazilishi belgilangan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida talabalar o’rtasida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Farg’ona viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Xolmatov Mo’ydinjon hamda...Read More
Musobaqalarda Qoʻqon universiteti va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) Fargʻona filiali talabalari sportning futbol, voleybol, stol tennisi, kibersport, armwrestling; arqon tortish, tosh ko’tarish turlari, shuningdek, quiz musobaqasi va Abdullla Qodiriyning «Oʻtkan kunlar» romani boʻyicha oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi. Oʻrtoqlik uchrashuvlari sifatida tashkil etilgan musobaqalarda quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi: Futbol boʻyicha TATU Fargʻona filiali jamoasi;...Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens- nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov tomonidan “Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha” mavzusida targ‘ibot tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirda Dasturiy injiniringi va kiberxavfsizlik fakulteti va Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetilarining professor-o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Bunda professor-o‘qituvchilarga Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlarida keltirilgan “Korrupsiya”,...Read More
TATU Samarqand filialida «Zamonaviy axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va AT-ta’lim tatbiqiy muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tmoqda. Anjumanda TATU Farg’ona filiali direktori, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Farrux Muxtarov «Kiberhujum va ularning tahlili» mavzusida o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda. Konferensiya davomida axborot xavfsizligi masalalari, zamonaviy texnologiyalar va ta’limda innovatsiyalar bo’yicha qiziqarli fikrlar almashilmoqda.Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Axborot-resurs markazida professor-o’qituvchi va talabalar ishtirokida yangi kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. ARM xodimlari ko’rgazmada qatnashgan ishtirokchilarga yangi adabiyotlar to’g’risida ma’lumot berdilar. Talabalarimiz uchun qiziqarli va foydali tadbir bo’ldi!Read More
TATU Farg‘ona filiali va Codial — Zamoniy Kasblar Akademiyasi hamkorligidagi seminar bo‘lib o‘tdi. TATU Farg’ona filiali talabalarining kuchli talabi asosida tashkil etilgan seminarda talabalarga IT- sohasi bo‘yicha maslahatlar berildi hamda hozirgi bozor talabiga mos keladigan kadr bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligi o‘rtaga tashlandi.Read More