🇺🇿 Kompyuter injiniring fakultetida o’quv-seminar o’tkazildi. Seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori F.Muxtarov ishtirok etdi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosi bo’yicha filialda amalga oshiriladigan ishlar rejasi muhokama qilindi.Read More
⚽️ Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetida professor-o’qituvchilar o’rtasida mini futbol va stol tennisi bo’yicha «Dekan kubogi» musobaqalari yakunlandi. 🏆 Sportning mini futbol turi musobaqasida Dasturiy injiniring (DI), Axborot ta’lim texnologiyalari (ATT), O’zbek tili va gumanitar fanlar (O’T va GF), telekommunikatsiya injiniringi (TI) kafedralari hamda Dekanat jamoalari o’zaro bellashdilar. 3-tur musobaqalari natijalari:Dasturiy injiniring kafedrasi jamoasi...Read More
🟢 TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetida «Monografiyalar, darsliklar, o’quv qo’llanmalar yozish bo’yicha uslubiy tavsiyalar» mavzusida o’quv-seminari o’tkazildi. 🟢Seminarda Telekommunikatsiya injiniring kafedrasi dotsenti Jo’rayev Nurmuhamad Mamatovichning ma’ruzasi tinglandi.Read More
✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida sportning mini futbol bo‘yicha musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi. 614-22-guruh talabalari va 611-20-guruh talabalari o‘rtasida final bosqichi bo‘lib o‘tdi.O‘yin natijalariga ko‘ra 9️⃣🔤5️⃣ hisob bilan 611-20 guruh talabalari chempionlikni qo‘lga kiritishdi. 614-22-guruh talabalari 2-o‘rin sovrindori bo‘ldilar. 🏆G’olib bo’lgan talabalar filial ma’muriyati tomonidan taqdirlanadi.Read More
✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi «Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi» tomonidan talabalar o’rtasida is gazidan zaxarlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashini oldini olish, yong’in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari, pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari bo’yicha maxsus tadbir tashkillandi. 🟢Hududgaz...Read More
🟢9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali direktori A.Rasulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov hamda Farg‘ona viloyat prokuraturasi prokurori M.G‘oyipovlar ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi.Read More
✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor o‘qituvchilari N.Jo‘rayev, U.Iskandarov, M.Xalilov, A.Komilovlar Farg‘ona tumani Soy bo‘yi qishlog‘idagi 13 — sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. 🟢Tashrif davomida professor o‘qituvchilar tomonidan maktabda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash ishlarini takomillashtirish, shuningdek...Read More
⏺ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Xorijiy aloqalar bo‘limi, professor-o‘qituvchi va talabalaridan iborat delegatsiya 2022 yil 5-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi B.Siddiqov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek Xalqaro universitetida o‘tkazilgan atoqli qirg‘iz olimi pedagog Ishenali Arabbayev tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan “Turk dunyosi ma’rifati va an’anaviy qadriyatlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishdi. 🗣 Shuningdek, 6-7-dekabr kunlari O’sh texnologiyalar universitetiga...Read More
✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining xotin-qizlar kengashi, «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi, Axborot resurs markazi va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi hamkorligida talaba-qizlar o‘rtasida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan «Konstitutsiya -ravnaqimiz qomusi» hamda «Eng yaxshi kitobxon talaba» mavzusi ostida tanlov o‘tkazildi. 🟢Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan qoida va tamoyillar,...Read More