события

Category

TATU Samarqand filialida «Zamonaviy axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va AT-ta’lim tatbiqiy muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tmoqda. Anjumanda TATU Farg’ona filiali direktori, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Farrux Muxtarov «Kiberhujum va ularning tahlili» mavzusida o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda. Konferensiya davomida axborot xavfsizligi masalalari, zamonaviy texnologiyalar va ta’limda innovatsiyalar bo’yicha qiziqarli fikrlar almashilmoqda.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Axborot-resurs markazida professor-o’qituvchi va talabalar ishtirokida yangi kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. ARM xodimlari ko’rgazmada qatnashgan ishtirokchilarga yangi adabiyotlar to’g’risida ma’lumot berdilar. Talabalarimiz uchun qiziqarli va foydali tadbir bo’ldi!
Read More
TATU Farg‘ona filiali va Codial — Zamoniy Kasblar Akademiyasi hamkorligidagi seminar bo‘lib o‘tdi. TATU Farg’ona filiali talabalarining kuchli talabi asosida tashkil etilgan seminarda talabalarga IT- sohasi bo‘yicha maslahatlar berildi hamda hozirgi bozor talabiga mos keladigan kadr bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligi o‘rtaga tashlandi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali jamoasi tomonidan «Mening gulzorim» shiori ostida ko’kalamzorlashtirish tadbiri bo’lib o’tdi! Tadbirda talabalar, o’qituvchilar va xodimlar birgalikda filial hududini go’zal gullar va o’simliklar bilan bezatishdi. Bu tashabbus nafaqat muhitni go’zallashtirish, balki talabalarning ekologik madaniyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Har bir gul — kelajakning gullab-yashnashi uchun! Keling, barchamiz...
Read More
TATU Farg’ona filiali Axborot-resurs markazida «INFOLIB O’zbekiston — 2024» XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida uchrashuv va yozuvchi Sherzod Ortiqovning «SEVDIK, KULDIK, YIG’LADIK» nomli kitob taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat axborot-kutubxona markazi, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hodimlari va talabalar ishtirok etdi. Tadbir so’ngida faol talabalarga Axborot-resurs markazi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.
Read More
TATU Farg’ona filiali 2- sonli talabalar turar joyida DXSH direktori M.Abdunabiyev va tarbiyachi pedagog O. Mo’minova tashabbusi bilan osh tanlovi va sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Talabalarimiz o’z mahoratlarini namoyish etib, doʻstona muhitda ajoyib vaqt o’tkazdilar. G’oliblar va ishtirokchilarni tabriklaymiz!
Read More
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va inovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-sentabrdagi 347-sonli buyrugʻiga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida kriptologiya bo‘yicha ichki fan olimpiadasi o‘tkazildi. Bu olimpiadada ishtirokchilar qiziqarli va raqobatbardosh muhitda bilimlarini sinab ko‘rdi. 1, 2, va 3-o‘rinni egallaganlar Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi. Talabalarimizga omad tilaymiz!
Read More
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti xodimlari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir va jurnalist O‘ktam Mirzayorov Farg‘ona shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida maktab o‘quvchilari ko‘rgazmali chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va she’rlar bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, O‘ktam Mirzayorov ham o‘z chiqishlari va sovg‘alari...
Read More
TATU Farg‘ona filialida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda, shoirlar va yozuvchilarimiz — Qutlibeka Rahimboyeva, Sattorova Gulnoz Yunusova, O‘ktam Mirzayarovlar talaba-yoshlar bilan qiziqarli davra suhbatlari, mushoiralar va ijodiy muloqotlar o’tkazdilar. Shuningdek, «Adiblar bog’i» loyihasi doirasida yashil makon yaratish ishlari boshlab yuborildi. Bu bog’ talabalarga ijodiy ilhom va ma’rifat ulashish maqsadida barpo etildi.
Read More
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti tyutorlari O.Ruziyeva, R.Xudoberdiyeva va Kutubxona-axborot faoliyati yoʻnalishi boʻyicha taxsil olayotgan 520-23-guruh talaba-yoshlari Fargʻona shaharida joylashgan Al-Fargʻoniy nomidagi Viloyat axborot resurs markaziga tashrif buyurdilar. Tashrifdan koʻzlangan maqsad talaba-yoshlarni Kitobga, vatanga muhabbatni, yurtga sadoqatni, tarixni anglash, vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Read More
1 5 6 7 8 9 73