Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorligini yanada rivojlantirish maqsadida filial miqyosidagi ilmiy seminarlar doimiy tashkillangan. Kompyuter tizimlari va Axborot texnologiyalari kafedralarining katta o’qituvchilari J.Suyumov va O.Porubaylar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari muhokamasi yuzasidan navbatdagi ilmiy-seminar bo’lib o’tdi.Read More
21-fevral kuni Farg’ona viloyati Marg’ilon shahar Raqamli Texnologiyalar Markazida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonda biznes va elektron tijorat ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston FinTech uyushmasi tomonidan ayollar uchun ishlab chiqilgan va ilgari surilayotgan intensiv treningda Kompyuter injiniringi fakulteti 613-21 guruh talabalari Ilxomjonova Barno, Shamatova Sayyora, To’xtasinova Gulsoraxonlar faol ishtirok etdib sertifikat bilan taqdirlandilar.Read More
TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb taʼlimi fakulteti dekani B.Daliyev, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Rayimov, tyutor O.Ruziyevalar Fargʻona shahar 51-Sohibkor MFY, Yaxshilik koʻchasida istiqomat qilayotgan fakultet talabalarini yashash sharoitlarini oʻrganildi. Talabalarni yashash sharoitlarini oʻrganish jarayonida talabalarga odob-axloq, sanitariya-gigiyena meʼyorlariga rioya etishni, gaz va elektr jihozlaridan foydalanish boʻyicha, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkillash...Read More
TATU Farg’ona filiali Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti tyutorlari talabalarning bandligini ta’minlash maqsadida 650-651-23 guruh talabalari bilan Farg‘ona KOICA kasb-hunar ta’limi markaziga ekskursiya tashkil etildi. Ushbu ekskursiyadan maqsad talabalar olayotgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog’lashdir.Read More
Xabaringiz bor, o‘tgan haftada Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va Farg‘ona soliq texnikumi direktorlarining ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat, sport hamda IT sohalarida hamkorlik ishlarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro memorandum kelishuvi imzolangan edi. Soliq texnikum o‘quvchilarida yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish, ularni oliy ta’lim muassasasida joriy qilingan o‘qitish texnologiyalari va interfaol...Read More
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti dekani B.Daliyev hamda Axborot ta‘lim texnologiyalari kafedra mudiri J.Otajonovlar tomonidan «IT -klaster» tizimini tashkili etish hamda yo‘lga qo‘yish masalasida Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy boshqarmasi rahbari Gʻofurov Yusufbek Ikramovichga ushbu mavzuda tayyorlangan taqdimotni namoyish etdilar. Y.G’ofurov o‘z navbatida «IT -klaster» tizimini dolzarbligi yuqoriligini ta’kidlab o‘tib kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarni berib...Read More
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevraldagi ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar amalda. Ushbu ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali sirtqi bo’lim talabalari uchun «O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Farg’ona filialioʻrtasidagi integratsiyani ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilishi yo’lga qo’yildi. Sirtqi bo’lim talabalari...Read More
Toshkent shahrida, Respublika yoshlar ijod saroyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi fakulteti 619-21 guruhi talabalari Nodirjon Salimov va Abdujalil Qobulovlar bir guruh faol talabalar qatorida «Ilm-fan qanoti» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.Read More
Toshkent shahrida, Respublika yoshlar ijod saroyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi fakulteti 619-21 guruh talabasi Qobulov Abdujalil Zoxidho’ja o’g’li bir guruh faol talabalar qatorida «Ilm-fan qanoti» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.Read More
Xususan, unda professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ularning stajirovka va malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sohasidagi o‘zaro tajribalarni o‘rganish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish, o’zaro talabalar almashinuvini joriy etish kabi bir qator masalalar qamrab olingan.Read More