✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining xotin-qizlar kengashi, «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi, Axborot resurs markazi va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi hamkorligida talaba-qizlar o‘rtasida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan «Konstitutsiya -ravnaqimiz qomusi» hamda «Eng yaxshi kitobxon talaba» mavzusi ostida tanlov o‘tkazildi.
🟢Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan qoida va tamoyillar, uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida talaba-qizlar o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi.
🟢Talabalar xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
🟢Shuningdek talabalar xalqimiz ardoqlab kelayotgan adiblar hayoti va ijodi haqida keng ma’lumotlar berib, ularning qalamiga mansub bo‘lgan asar hamda she’rlaridan namunalar keltirdilar.
🟢Barcha tanlov ishtirokchilari filial ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.