Tashrifning keyingi manzili Qozon Federal universiteti Axborot texnologiyalari va intellektual tizimlar instituti bo’ldi.
Axborot texnologiyalari va intellektual tizimlar instituti Direktor o’rinbosari Maksimova Irina Aleksandrovna bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida qo’shma ta’lim dasturlari hamda strategik hamkorlik masalalari bo’yicha kelishuvga erishildi.
F.Muxtarovning Qozon shahriga bo’lgan amaliy tashrifi davom etadi. Ertangi uchrashuvlarda bir nechta universitetlarga hamda amaliy loyiha institutlariga tashrif kutilmoqda.