Ushbu musobaqada barcha rektorlar va Fargʻona viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Boymatov Toʻychiboy Alijonovichlar ishtirok etdilar.
Musobaqa yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali direktori Nizom Tuxtaboyev, TATU Fargʻona filiali direktori Farrux Muxtorov, Fargʻona politexnika instituti rektori Oʻktam Salomov, Fargʻona shahridagi ISMA universiteti rektori Xamzaxoʻja Abduraxmonov, Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti prorektori Dilmurod Darmonovlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida bunday musobaqalar har oyda bir marotaba tashkil etilishiga kelishib olindi va keyingi musoba Fargʻona politexnika institutida sportning “Voleybol” turi boʻyicha oʻtkazilishi belgilandi.