O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5.02.2024 yildagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan video-selektorda oliy ta’lim, professional ta’lim hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya hamkorlik borasida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan masalalarni hal etish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Mazkur video-selektorda aytib o‘tilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda, TATU Farg‘ona filiali “Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri O.V.Porubay, kafedra professor-o‘qituvchilari M.Xusanova, M.Muxtoriddinov, N.Abdulhamidovalar Farg‘ona viloyati Sport boshqarmasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida yo‘nalish talabalarini amaliyot, stajirovka o‘tashlariga ko‘maklashish, boshqarmadagi mutaxassislarga axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida seminar va uchrashuvlar tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi