TATU Fargʻona filialida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyat filiali viloyat xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda muloqot tashkil etdi.
Unda Prezident halq qabulxonalari tuman (shahar) bo‘limlari mudirlari, boshqarma va tashkilotlar huquqshunoslari, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ma’sul xodimlari va inson resurslari bo‘yicha rahbarlar ishtirok etdi.
Maqsad — murojaatlar bilan ishlashda samaradorlikni kuchaytirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish.
So‘z olganlar har bir davlat xizmatchisi oldida turgan eng muhim vazifa — odamlarni rozi qilish ekanligini bildirishdi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashdagi zamonaviy texnologiyalar, rahbar ma’naviyati va jamoada samaradorlikni oshirish mavzularida ma’ruzalar qilindi, fikr-mulohazalar almashildi.