Qoʻqon universiteti va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Qoʻqon universitetiga Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali rahbariyati va talabalari tashrif buyurishdi.
Dastlab mehmonlarga ekskursiya tashkil etilib, ularga universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, turizm majmuasi, muzey, yotoqxona, dars jarayonlari, kutubxona, ovoz yozish studiyasi, robototexnika laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Soʻngra Qoʻqon universiteti Zaxidov Gʻafurjon Erkinovich va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” davlat dasturi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.