2024-yil 5-fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan “2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” yuzasidan videoselektor yig‘ilishiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.
Ushbu videoselektorda “El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi hamda, hududlar va tarmoqlar rahbarlari raqamlashtirishda keskin o‘zgarish qilishi, IT park davlat bergan imtiyozni rezidentlarga taqdim qilish bilangina cheklanmay, mahalliy dasturchilarimizni xorijiy kompaniyalarga tanishtirish, ularga katta-katta buyurtmalar olib berishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.