Farg‘ona shahar hududida yil boshidan buyon 87 ta yong‘inlar sodir bo‘lib, shulardan 70 foizi aholi yashash uylariga, 20 foizi tadbirkorlik subye’ktlariga, qolgan qismi chiqindi xonalar, ochiq olovdan foydalanishda hamda qurilish ob’ektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslikka to‘g‘ri keladi.
Shu bilan bir qatorda fuqarolarimiz hamda tadbirkorlarimiz tomonidan yashash xonadonlarida shuningdek, qurilish ob’ektlarida elektr qurulmalaridan hamda tabiy va suyultirilgan gazdan oqilona foydalanishlari hamda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari muhim ahamiyatga ega ekanligi eslatib o‘tamiz.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilaylik shunda o‘zimizni, mol-mulkimizni va yaqinlarimizni o‘t balosidan qutqargan bo‘lamiz.
Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi
NTB boshlig‘i katta leytenant B.Komilov