Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 7 899 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:
? kunduzgi ta’lim shakli uchun – 5 687 ta;
? sirtqi ta’lim shakli uchun – 1 884 ta;
? kechki ta’lim shakli uchun – 328 ta.
Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati