Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlari uchun besh foizli, Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 2 040 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Vazirlik va idoralar kesimida:
? Milliy gvardiya – 583 ta;
? Mudofaa vazirligi – 656 ta;
? Ichki ishlar vazirligi – 146 ta;
? Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 189 ta;
? Davlat xavfsizlik xizmati – 408 ta;
? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati – 29 ta;
? Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi – 29 ta.