Xabaringiz bor, joriy yilning 7-12-oktabr kunlari Farg’ona shahrida “INNOWOMENWEEK- 2024” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Koʻrgazma “Yangi Oʻzbekistonning tadbirkor ayollari” shiori ostida boʻlib o’tmoqda.
Haftalik doirasida TATU Fag’ora filiali direktori Farrux Muxtarov “Ixtirochi ayollar-2024” ko‘rgazmasini ochib berdi. Ko‘rgazmada Farg’ona viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining ixtirochi ayollari hamda tadbirkor ayollari innovatsion loyiha va mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Ushbu koʻrgazmada oliygohning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi Z.Otaxonova hamda filialning bir guruh olima ayollari, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va iqtidorli talaba-qizlari ishtirok etishmodqa.





