«Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chora — tadbirlar rejasiga muvofiq Respublika Din ishlari qo’mitasi bilan hamkorlikda «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari o’tkazilishi belgilangan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida talabalar o’rtasida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Farg’ona viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Xolmatov Mo’ydinjon hamda O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi professori Bekmirzayev Ilxomjon ishtirok etdilar.