Joriy yilning 2024- yil 28-iyun kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialining 11 sonli Ilmiy kengashi bo’lib o’tdi

Unda turli masalalar ko’rib chiqilib, yig’ilish yakunida quyidagi 85 nafar xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanishdi:

  1. Abdullayev Mansurjon
  2. Eminov Kamol
  3. Karimova Mukbiraxon
  4. Umarov Adxam
  5. Mamadjanova Gulnoraxon
  6. Karimov Rustamjon
  7. Nabijonov Ravshanbek
  8. Ergashev Otabek
  9. Toxirova Sarvinoz
  10. Sobirov Muzaffarjon
    (davomi bor…)

Ushbu 11- sonli Ilmiy Kengashi yig‘ilishni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori Farrux Muhammadovich Muxtarov boshlab berdi va filialda faoliyat olib borayotgan 3 ta fakultet hamda sirtqi bo‘lim dekanlaridan 2023-2024 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot topshirishlari tinglandi.

Kompyuter injiniringi fakulteti fakulteti, Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta`limi fakulteti, Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti hamda sirtqi bo‘lim rahbarlari fakultetda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar yuzasidan ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi.

Farg’ona filialining 11- sonli ilmiy Kengashi davomida o‘quv yili davomida filialda na’munali va sermahsul faoliyat olib brogan, sport va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda jonbozlik ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar, shuningdek, ishchi-xodimlarga xodimlarga faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi. Ushbu taqdirlash marosimi davomida ilmiy unvon olgan hamda ilmiy ishlarini muvafaqqiyatli himoya qilgan professor-ustozlar yuksak e’tirof etilib esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu qatorda filialning ramziy belgisi tushirilgan Oltin hamda Kumush ko‘krak nishoni bilan Husanova Mohira Qurbonaliyevna hamda Rustamov Ilhomiddin Abduqodirovich taqdirlandi.

Butun bir yil davomida filial bo‘yicha 3 ta oltin, 3 ta kumush jami 6 ta nishon bilan taqdirlanganlarga yozgi ta’til davomida filial hisobidan Samarqandga bepul sayohat uyushtirilishi ta’kidlab o‘tildi.