Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt fakultetining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

♻️ Yig‘ilish davomida o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyati bilan yondashganligi, fakultet miqyosidagi turli tadbirlar, sport musobaqalari, tanlovlar va jamoat ishlarida faol qatnashganligi, rahbariyat va fakultet tomonidan berilgan topshiriqlarni, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida mas’uliyat bilan bajarganligini inobatga olib, bir nechta faol professor-o‘qituvchi va xodimlar taqdirlashga tavsiya etildi.

🤝 Shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.