Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati