O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6208-sonli Farmoni, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 29-apreldagi 202-sonli buyrug’iga asosan TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari yoshlar bilan manzilli ishlar olib borish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli to’garaklarga jalb etish yuzasidan Farg‘ona shahridagi Iftixor va Afrosiyob mahallalariga tashrif buyurdilar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Axborot xizmati