Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “AKT VA telekommunkatsiyaning zamonaviy muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi

03.06.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Anjumanga AQShning Ferris, Belgiyaning Antverpen, Moskvadagi aloqa va informatika universitetlari, Kemerovo davlat universiteti, Ufa neft-gaz universiteti, O‘sh texnologiya universiteti, Tojikiston davlat universiteti, yurtimizdagi deyarli barcha universitet va institutlar professor-o‘qtituvchilaridan ma’ruzalar kelib tushdi. Anjumanga AQSh, Rossiya, Belgiyalik, Belorusiya hamda qo‘shni respublikalar olimlari, ilmiy-tadqiqotchilar tashrif buyurdilar.

Yurtimizda korxonalarni modernizatsiya qilishda AKTdan foydalanish, texnik va texnologiya jihatdan qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o‘tish, tarmoq dasturlarini joriy etish, ma’lumotlar almashuvini jadallashtirish eng muhim vazifalardan bo‘lib turibdi. Shuningdek, tashqi va ichki bozor talablarini o‘rganish hamda raqobatbardoshlilikni qo‘llab-quvvatlash, axborot vositalarining imkoniyatlarini kengaytirish, aholining AKTdan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish kabi juda ko‘p masalalar ham tobora dolzarblik kasb etmoqda. Demak, ilm-fan, texnika sohasida faoliyat olib borayotgan olimlarimizni bir-biridan zalvorli, mas’uliyatli ishlar kutib turibdi. Anjumanda ana shu mas’uliyatni dildan his qilgan holda sharafli ishlarni bo‘yniga olgan ziyolilarning ilmiy ishlari bilan atroflicha tanishildi.

Ishtirokchilar zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari; tabiiy fanlarni o‘qitishda AKT’ning o‘rni, jamiyatning turli sohalarida AKT qo‘llanishining ahamiyati; telekommunikatsiya, radioelektronika va optoelektronika muammolari va yechimlari; ta’limda elektron resurslardan foydalanish, o‘qitishning zamonaviy vositalari, pedagogik-psixologik texnogiyalar va ularni yaratishning innovatsion usullari; raqamli iqtisodiyotning — jamiyatni rivojlantirish omili kabi 7 ta sho‘bada ish olib bordilar.

Shunisi diqqatga sazovorki, 100 ta ma’ruza ham o‘ta qiziqarli, sidqidil izlanishlar mevasi bo‘libgina qolmay, har biri yangi-yangi g‘oyalarga yo‘l uyg‘ota olishi bilan esda qolarli bo‘ldi.Jumladan, Yu.Stepanov va L. Qodirovalarning “Ish beruvchilarning talablariga mos ravishda oliy ta’lim muasasslari bitiruvchilarining kompetensiyasi modili”, A.Abdullayev, R. Zulunov, A.Hashirovlarning “ Dasturiy mahsulotlarni baholash muammolari”, F.Nurjanov”Shaxs yuzi tasviriga ko‘ra identifikatsiyalashning asosiy tamoyillari”, Sh.Mirzamov “Raqamli nutq tovushlarini silliqlash”, B.Azimov ”Gastroentorologik signalni interpolyatsion kubik splayn modelini qurish”.

Konferensiya yakunida har bir ma’ruza anjuman ishtirokchilarining munosib bahosini oldi. Tahlillar qilinib, xulosalar chiqarildi. Hamkorlikda hikmat ko‘p degan azaliy haqiqat yana bir bora o‘z isbotini topdi. Qo‘shni davlatlar, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston olimlari tez-tez shunday anjumanlar o‘tkazib turishga kelishib oldilar.

Navbatdagi uchrashuv Qirg‘izistonning O‘sh davlat universitetida o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Birdamlik, hamfikrlilik, do‘stlik aloqalari insoniyat tamadduninida ulkan yuksalishlarga yo‘ldir. Bu yo‘l aynan Farg‘onadan boshlandi va bu bejiz emas. TATU Farg‘ona filiali professorlari safiga keyingi yarim yilda 3 nafar fan doktorlari kelib qo‘shildi.Yana uch nafar fan nomzodlari doktorlik ishini yakunlash arafasida, talabalardan ikki nafari Beruniy nomidagi, ikki nafari Muhammad al Xorazmiy nomidagi yana 2 nafari axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi sohiblariga aylandilar.

Filial Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti reytingini yanada ko‘tarishga bel bog‘lagan. Ha, qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni yana davom ettirish mumkin. Bu ham bo‘lsa, Prezidentimizning uzoqni ko‘zlab chiqarayotgan qaror va farmonlarining g‘ururlansa arzigulik ilk samaralaridir.
Anjumanda Toshkent temir yo‘llari muhandislari instituti professori, texnika fanlari doktori, Xalqaro Aloqa akademiyasi akademigi A.Xalikov, Rossiya Federatsiyasi Kemerovo davlat universiteti professori Yu.Stepanov, TATU axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor H.Zayniddinov va boshqalar texnik anjumanlarning ilm-fanni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyatiga alohida urg‘u berdilar.

deya xabar beradi infocom.uz sayti