Muxammad al -Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filialida 2021−2022-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun 6 sentyabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi boshlandi 13 sentyabrdan e’tiboran o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari olib boriladi.
Ma’lum qilinishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarining 1-kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.
Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, OTMning ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.
Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida bo‘lgan talabalarning OTMga yetib kelishi, turar joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.
TATU Farg`ona filialida talabalar uchun universitet o’qituvchilari, shuningdek, “Talabalar uyushmasi” a’zolari tomonidan filial binosida tanishtiruv darslari o’tkazilmoqda. Darslarda filialga oid barcha ma’lumotlar, shuningdek, qonun-qoidalar, imtiyozlar, yaratilgan shart-sharoitlar haqida tushuntirishlar berilmoqda. Talabalarning taassurotlari bir olam. Chunki endi ular oliy ta’lim muassasalari orasida alohida nufuzga ega bo’lgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali deya ataladigan muqaddas dargohning talabasi bo’lishdi.
Talabalar filialga kelib, yaqindan tanishishlari uchun har bitta yo’nalish bo’yicha ma’lum bir kun belgilangan.O`quv yilining birinchi va ikkinchi kunlarida filialning “Kompyuter injineringi” va “Telekomunikatsiya texnologiyalari” fakulteti 1-kurs talabalari guruh rahbarlari bilan birga axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.Talabalarga filialning axborot-resurs markazi haqida kerakli ma`lumotlar berildi, kutubxonadan foydalanish ichki tartib qoidalari tushunturildi. ARMga a’zo bo‘lish uchun talabalar shaxsni tasdiqlovchi xujjat(pasport) yoki uning o‘rnini bosuvchi biron-bir xujjat, kerakli nusxada rasm va ro‘yxatga olish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim etishlari aytib o`tildi.
Talabarga ARMning elektron kutubxonasiga ulanib, mavjud nashrlar bilan filialning mahalliy tarmog`i orqali 15 ta kompyuter yordamida tanishishlari mumkinligi aytildi. ARM ikkita o`quv zali bilan ta`minlangan. Talabalar va o`qituvchilar uchun ilmiy va o`quv adabiyotlar hamda badiiy adabiyotlar o`quv zallari doimiy faoliyat yuritib kelmoqda. Talabalar, aspirantlar, professor-o`qituvchilar, ilmiy xodimlar, institutning boshqa xodimlari kutubxona-axborot xizmatlarining asosiy turlaridan bepul foydalanadilar. Kitobxonlar uchun quyidagi xizmatlar mavjud:
- o`quv adabiyotlari abonementi;
- talabalar uchun ilmiy-texnika va o`quv adabiyotlarining elektron o`quv zali;
- badiiy adabiyotlar o`quv zali;
- internet zal.
Tanishtiruv yakunida talabalarga filialning axborot resurs markazidan darsda bo`sh vaqtlarida foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi aytildi.
ARM direktori: I.Tajibayev