Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida 1-kurs talabalariga filial bo’ylab tanishtiruv tadbirlari tashkil etilmoqda.

Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti tyutorlari tomonidan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida 1-kurs talabalari bilan filial bo’ylab ekskursiya tashkil etildi.
Auditoriyalar, axborot-resurs markazi, sport binolari, tadbirlar zali, student office hamda talabalar turar joyi tanishtirildi.

Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish va komplens nazorat bo’limi boshlig’i I.Qaxxorov tomonidan talaba-yoshlarga korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik va bunday vaziyatda qayerga murojaat qilish yuzasidan ma’lumot berib o’tildi.