🟣 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ochiq osmon ostidagi navbatdagi bayramona tadbirini Farg‘ona shahrida, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali alleyasida o‘tkazdi.
💟 «Mening Konstitutsiyam» shiori ostidagi muloqotda partiya Markaziy Kengashi rahbariyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga partiyadan saylangan deputatlar, jamoatchilik faollari, turli soha vakillari, talaba yoshlar ishtirok etdi.








