Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filialida “PREZIDENT MUROJААTNOMАSI TАLАBА-YOSHLАR NIGOHIDА” mavzusidagi Oliy Majlis deputatlari bilan uchrashuv toʼgʼrisida
MА’LUMOT
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filialida 2020-yil 8-fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvardagi parlamentmentga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar toʼgʼrisida Oliy Majlis deputatlari va filialning iqtidorli talaba yoshlari uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Urashuvda Fargʼona viloyat hokimi oʼrinbosari F.Qosimov, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʼmitasi raisi oʼrinbosari D.Gʼaniev, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʼmitasi aʼzosi Sh.Sharofiddinov, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʼmitasi aʼzosi G.Saidgʼanieva, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʼmitasi aʼzosi I.Qudratov, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʼmitasi aʼzosi Z.Xudoyberdiev, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʼmitasi aʼzosi U.Jabborovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020-yil 24- yanvardagi parlamentmentga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar, “2020-yil – Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili”dagi ustuvor vazifalar, innovatsion faoliyatga oid vazifalar shu asosida innovatsion faoliyatga yoshlarni jalb qilish, START-UP loyihalari, yoshlarni АKT sohasi faoliyati bilan shugʼullanishlari, raqamli iqtisodiyot tizimiga oʼtishning afzalliklari, keyingi 10 yillikka rejalar kabi vazifalar doirasida bajarilishi kerak boʼlgan ishlar yuzasidan fikr yuritildi. Uchrashuvda talabalar tomonidan oʼzlarini qiziqtirgan savollariga taklif va fikrlar bildirildi.