Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens- nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov tomonidan “Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha” mavzusida targ‘ibot tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda Dasturiy injiniringi va kiberxavfsizlik fakulteti va Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetilarining professor-o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Bunda professor-o‘qituvchilarga Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlarida keltirilgan “Korrupsiya”, “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “Manfaatlar toʻqnashuvi”, “Shaxsiy manfaatdorlik”, “Yaqin qarindoshlar” kabi atamalarning mazmuni va mohiyati batafsil tushuntirilib o‘tildi.


