🟢 Qirg’iziston Respublikasi Osh Texnologiyalari universitetining (http://oshtu.kg/) O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori t.f.n. professor Mamitov Ulukbek Janishovich va Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri professor Satibaev Abdug‘ani Djunosovich iborat delegatsiya filialimizga tashrif buyurishdi.
🇺🇿 Uchrashuv mobaynida universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, professor – o‘qituvchilarning stajirovkalari va talabalar almashinuvi bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Filial rahbariyati tomonidan mart oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab professor — o‘qituvchilar va bir guruh iqtidorli talabalarimizni rejalashtirilgan holda Osh Texnologiyalari universitetiga olib borish bo‘yicha delegatsiya raxbariyati bilan kelishib olindi.