Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida faol talaba yoshlar bilan uchrashdi.
Samimiy suhbat asosida tashkil etilgan uchrashuvda vazir oʻrinbosari ayni kunlardagi kiberjinoyatlarga qarshi kurash va uning oldini olish, mamlakatimizda yoshlar siyosatining hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi hamda ularga yaratilgan imtiyozlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchi yoshlar bugungi rivojlangan davrdagi oʻzlarining pozitsiyalari bilan oʻrtoqlashdi hamda qiziqtirgan savollariga mutaxassislar yordamida javoblar olishdi.