O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi viloyatimizda ham katta tantana bilan nishonlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi viloyatimizda ham katta tantana bilan nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan bugun Farg‘ona shahrida tantanali tadbir tashkil etildi.

Dastlab Al-Farg‘oniy ko‘chasidan ulkan bayroq askarlar ko‘magida keng yoyilib orkestr jo‘rligida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyigacha bo‘lgan masofaga olib borildi.

Ushbu jarayonni TATU Farg’ona filiali jamoasi va shahrimiz aholisi, keksa-yu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi yanada jo‘sh urgan holda kuzatib bordilar.