Musobaqalarda Qoʻqon universiteti va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) Fargʻona filiali talabalari sportning futbol, voleybol, stol tennisi, kibersport, armwrestling; arqon tortish, tosh ko’tarish turlari, shuningdek, quiz musobaqasi va Abdullla Qodiriyning «Oʻtkan kunlar» romani boʻyicha oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Oʻrtoqlik uchrashuvlari sifatida tashkil etilgan musobaqalarda quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
- Futbol boʻyicha TATU Fargʻona filiali jamoasi;
- Voleybol boʻyicha TATU Fargʻona filiali jamoasi;
- Shashka boʻyicha TATU Fargʻona filiali jamoasi;
- Shaxmat boʻyicha Qoʻqon universiteti jamoasi;
- Stol tennisi boʻyicha Qoʻqon universiteti jamoasi;
- Kibersport boʻyicha TATU Fargʻona filiali jamoasi;
- Armwrestling boʻyicha Qoʻqon universiteti jamoasi;
- QUIZ boʻyicha Qoʻqon universiteti jamoasi;
- Arqon tortish boʻyicha TATU Fargʻona filiali jamoasi;
- Osh tayyorlash boʻyicha Qoʻqon universiteti jamoasi;
- Tosh koʻtarish boʻyicha TATU Fargʻona filiali jamoasi;
- Oʻtkan kunlar romani boʻyicha Qoʻqon universiteti jamoasi.
Yakunda gʻolib boʻlgan va faol ishtirok etgan ikki oliygoh talabalariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi hamda shunday musobaqalar koʻproq tashkil etishga kelishib olindi.

























