Qozogʻiston va Qirg’iziston Respublikalari delegatsiyalari filialga tashrif buyurdi

Muxammad al– Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga – taniqli olim,  fizika-matematika fanlari doktori, professor, Qozogʻiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi akademigi, Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi Fan qo‘mitasi “Axborot va hisoblash texnologiyalari instituti” RFB bosh direktori maslahatchisi Maqsat Nuradilovich Kalimoldaev, Qirg‘iziston Respublikasi I.Razzoqov nomidagi Qirg‘iziston Davlat texnika universiteti ilmiy ishlar va tashqi aloqalar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor — Bekjan Torobekovich Torobekov  va  A.Adishev nomidagi O’sh texnologiya universiteti dasturiy injenering kafedrasi mudiri Kutunaev Jolchubek Nasirimbekovichlar tashrif buyurishdi.

Mehmonlar bilan filial rahbari Farrux Muxtarov va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida davra suhbati tashkillandi.
Davra suhbatining maqsadlari
bundan keyingi samarali hamkorlik uchun Qozogʻiston, Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlari va TATU Fargʻona filiali o‘rtasida memorandum va ikki tomonlama shartnomalar tuzish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda Axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari o‘rtasida amaliy muloqotni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar Axborot texnologiyalar kafedrasi faoliyati, olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqildidar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi nashr qilingan darsliklar, qo‘llanmalarning taqdimotlari tinglandi.