Mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan – yilga rivojlanib bormoqda. Fargʼona shahar hududida qad roslayotgan koʼp qavatli bino va inshootlar shahrimiz koʼrkiga koʼrk qoʼshib kelmoqda. Fargʼona shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimi xodimlari tomonidan shahar xududida qurilish ishlari olib borilayotgan obʼektlarda fuqarolar, quruvchilarning hayotini hamda davlat mulkini yongʼin talofatlaridan asrash, sodir boʼlishi mumkin boʼlgan yongʼinlarni oldini olish boʼyicha muntazam ravishda tushuntirish hamda targʼibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. Xususan, Fargʼona shahar А.Navoiy koʼchasida qurilayotgan oʼn bir dona oʼn ikki qavatli turarjoy binosini, Аeroport koʼchasida qurilayotgan ellik ikki dona toʼqqiz qavatli turarjoy binosini qurayotgan quruvchilar va ishchi xodimlar bilan bir necha bor qurilish ishlarini olib borish jarayonida Favqulodda vaziyatlarni va yongʼin xavfsizligini taʼminlash shuningdek is gazi, chaqnash, botulizmni oldini olishga doir profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, qurilishi tugallanib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan obʼektlarda yongʼin xavfsizligini taʼminlashga doir tadbirlar qay tarzda bajarilganligi yuzasidan oʼrganishlar olib borilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib kelinmoqda.
Fargʼona shahar FVB normativ-texnik
boʼlinmasi boshligʼi leytenant B.B.Komilov