TATU Farg‘ona filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Xonto‘rayev Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistondagi filiali FЕР dasturining g‘olibi bo‘ldi!
FЕР dasturi — to‘rt oy davom etuvchi mazkur dastur, oliy ta’lim o’qituvchilari tarkibini takomillashtirish dasturi O’zbekistonlik o’qituvchilarga AQShda to’rt oylik akademik rivojlantirish dasturi orqali pedagogik mahorat va kasbiy intizomiy bilimlarni oshirish imkoniyatini beradi. Bu dastur orqali o‘qituvchilar o‘z akademik malakalarini oshirishga katta imkoniyat yaratadi.
S.Xonto‘rayevning bu yutuqi, uning bilim va tajribasini oshirishga, shuningdek, TATU Farg‘ona filiali ta’lim tizimida innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Barchamizni bu yutuq bilan tabriklaymiz va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ishonamiz!