TATU Farg’ona filiali Axborot-resurs markazida «INFOLIB O’zbekiston — 2024» XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida uchrashuv va yozuvchi Sherzod Ortiqovning «SEVDIK, KULDIK, YIG’LADIK» nomli kitob taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat axborot-kutubxona markazi, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hodimlari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir so’ngida faol talabalarga Axborot-resurs markazi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.



