Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti xodimlari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir va jurnalist O‘ktam Mirzayorov Farg‘ona shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida maktab o‘quvchilari ko‘rgazmali chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va she’rlar bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, O‘ktam Mirzayorov ham o‘z chiqishlari va sovg‘alari bilan o‘quvchilarni hushnud etdi. Bunday tadbirlar yoshlarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi!





