TATUFFda “Sogʻlom ona — sogʻlom millat” nomli muhim tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda filialning barcha talaba qizlari faollar zalida jamlandi.
Xotin-qizlar boʻyicha direktor maslahat kengashi raisi Z.Otaxonova hamda dekan maslahatchilari, filialimiz hamshirasi G.Ahmedova ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda sogʻlom ona va sogʻlom millatni shakllantirish yoʻlida muhim masalalar koʻrib chiqilib, salomatlik va farovonlikka doir qimmatli tavsiyalar berildi.