Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan 2022 yil 2 aprel kuni Uch avlod uchrashuvi Farg‘ona shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi

UCH AVLOD UCHRASHUVI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoev 1 aprel kuni yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdilar.

Oxirgi paytlarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish uchun keng sharoitlar yaratilganligi, jumladan, so‘nggi uch yilda 118 ta sport majmuasi, mahallalarda 7 mingta sport maydonchasi foydalanishga topshirilganligi,  bugungi kunda 3 ming 500 ta mini-futbol, 6 mingta basketbol, voleybol, 663 ta badminton maydonlari, mingdan ortiq fitnes zallari mavjudligi,  har bir tuman va shahar markazlarida “Salomatlik yo‘laklari” va velosiped yo‘llari tashkil etilganligini yig‘ilishda ta’kidlab o‘tildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 fevraldagi farmon va qaroriga binoan, Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etilgan edi. Uning eng muhim vazifalaridan biri bolalar va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirishdir. Sportni rivojlantirish vazirligiga mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birga yil davomida 6 million nafar o‘g‘il-qizlarni ommaviy sport tadbirlariga qamrab olish vazifasi qo‘yilgan edi.

Shularni inobatga olgan holda, ommaviy sportni yanada rivojlantirish mqsadida Farg‘ona shahar Sakokiy (sobiq Navoiy) mahalla fahriylari prezidentimizning tashabbuslariga labay deb, 2022 yil 2 aprel kuni   Farg‘ona shahar  1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida   Ikromovlar oilasi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan qurib bitkazilgan  maktab hududidagi sport (mini futbol) maydonchasini sovg‘a  sifatida topshirdilar.

Ushbu tadbirda 1-maktab faxriy o‘qituvchilaridan Hurchaxon Sayramova, Karim Yusufxo‘jaev, Muhammadjon Rayimjonov,  Farg‘ona shahar Xalq ta’limi mudiri Gulxumor Asraxmedovna Xalilova, Murod Akramovich Ikromov, Muqaddasxon Akramovna Ikromova, Mahammadjon Akramovich Ikromov,   Baxtiyorjon Akramovich Ikromov, shu maktabni bitirgan   mahalla faxriylaridan Baxtiyorjon Musaevich Maxsumov, Atxamjon Yaxyoevich Qoraboev, G‘ulomjon Xudoyberdievich Rustamov, Po‘latjon Rustamovich Tavboev,  G‘anijon Xudoyberdievich Rustamov, Salimjon Satievich Sabirov maktab direktori Sanjarbek Malikovich Boborahimov, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari va  boshqalar qatnashdilar.

Maktab fahriylari H. Sayramova, K. Yusufxo‘jaev, M. Rayimjonovlar o‘z so‘zlarida maktabda ishlagan maktabning birinchi direktori  Qori Niyoziyni, direktorlar Maxsudaxon Shodmonovani, Malikaxon Tojiboevani,  maktab o‘qituvchilaridan To‘xtaxon Ikromovani, Munavvar Xodievani, Lolaxon Bo‘ribekovani, Aleksandra Salomonovna Isakovani, Nazira Xarasovnani, Anna Xalilovnani, Rashida Yakubovani, Xajalxon Yo‘ldashevna Sarimsoqovani, Abdug‘ani Qodirovni, Ibrohimjon Movlonqulovni, Farid Alimovichni, Maxmud Raximovichni, Irina Mixaylovnani, Serafima Alekseevnani, Otkaxon Karimovanani, Oyshaxon Ibragimovnani, Jo‘raqul Mamatqulovni, Tursunoy Rahimovani, Matluba Yo‘ldashevna Ashuralievani va boshqa o‘qituvchilarni esladilar, ular xotiralariga duolar qildilar.

So‘zga chiqqan har bir fahriylar va mehmonlar maktab jamoasiga   kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar va maktab o‘quvchilaridan Yangi O‘zbekistonimiz uchun a’lo darajadagi matematiklar, fiziklar, adabiyotchilar, ximiklar, iqtisodchilar va sport bo‘yicha Olimpiya va  jahon chempionlari yetib chiqishlarini tilab qoldilar.

Futbol maydonchasini   Ikromovlar o‘z mablag‘lari hisobidan maktab o‘quvchilari uchun mini futbol maydonchasini  qurib berdilar va o‘quvchilarga sovg‘a sifatida topshirdilar. 

Sobiq 1-maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari

Sobiq 1-maktab o‘qituvchilari

Fahriylar Karim Yusufxo‘jaev, M.Rayimjonov va M.A.Ikromov maktab hududida qurilib bitkazilgan mini stadionni ochib berdilar

Farg‘ona shahar Xalq ta’limi mudiri, G.A.Xalilova, fahriy o‘qituvchi H.Sayramova va M.A.Ikromovlar mini stadionni ochib berdilar 

Farg‘ona shahar Xalq ta’limi mudiri, G.A.Xalilova, maktab direktori S.M. Boborahimov va M.A.Ikromov

1-darvozabon 92 yoshli fahriy Hurchaxon Sayramova darvozani qo‘riqlamoqda

Neftchi komandasining fahriysi Baxtiyorjon Ikromov maktab fahriylariga saboq bermoqda

Fahriylar Atxamjon  Yahyoevich Qoraboev, Karim Yusufxo‘jaev, Muqaddasxon Akramovna Ikromova, Baxtiyorjon Musaevich Maxsumov, Po‘latjon Rustamovich  Tavboev futbol o‘yinni kuzatishmoqda

Mahalla fahriylaridan Baxtiyorjon Musaevich Maxsumov, Atxamjon Yaxyoevich Qoraboev, G‘ulomjon Xudoyberdievich Rustamov, Po‘latjon Rustamovich Tavboev, Salimjon Satievich Sabirov

Mahalla fahriylaridan Baxtiyorjon Musaevich Maxsumov, Atxamjon Yaxyoevich Qoraboev, Po‘latjon Rustamovich Tavboev, Mahammadjon Akramovich Ikromov, Salimjon Satievich Sabirov

Mahalla fahriylaridan Baxtiyorjon Musaevich Maxsumov, Atxamjon Yaxyoevich Qoraboev, G‘ulomjon Xudoyberdievich Rustamov, Po‘latjon Rustamovich Tavboev, G‘anijon Xudoyberdievich Rustamov, Mahammadjon Akramovich Ikromov,  Salimjon Satievich Sabirov